Madaniyat

O‘zbekiston milliy stendi “TT Warsaw 2025”da “Eng innovatsion stend” deb topildi

O‘zbekiston milliy stendi “TT Warsaw 2025”da “Eng innovatsion stend” deb topildi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi Polsha poytaxtida o‘tgan “TT Warsaw 2025” xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etdi.

O‘zbekiston milliy stendi zamonaviy dizayn, interaktiv texnologiyalar va boy madaniy merosni yoritishdagi yondashuvi bilan ajralib turdi hamda “Eng innovatsion stend” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Yarmarka doirasida Polsha va boshqa Yevropa davlatlari turoperatorlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha uchrashuvlar ham o‘tkazildi.

Ushbu yutuq O‘zbekistonning jahon turizm bozoridagi nufuzining ortib borayotganidan dalolat beradi.