O‘zbekiston tarixida ilk bor xorijiy sayyohlar oqimi bo‘yicha rekord natija qayd etildi. Joriy yilning dastlabki 9 oyida mamlakatga 8,6 million nafardan ortiq turist tashrif buyurdi. Aprel oyidan boshlab esa har oyda 1 million nafardan ko‘proq xorijiy sayyoh O‘zbekistonga kelmoqda.
Mutaxassislar fikricha, bu yutuq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan oqilona siyosat va keng ko‘lamli islohotlarning natijasidir.
Prezident tashabbuslari asosida mamlakatda turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xalqaro imijni mustahkamlash hamda sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Ushbu tarixiy natija O‘zbekistonning jahon turizm xaritasidagi mavqeini yanada oshirganini ko‘rsatmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!