O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Finlyandiya Suv Forumi o‘rtasida o‘zaro Anglashuv deklaratsiyasi imzolandi.
Mazkur hujjat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb tomonidan imzolangan qo‘shma bayonot doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, u chiqindilarni samarali boshqarish, atmosfera havosini muhofaza qilish va suv resurslarini boshqarish kabi bir qator muhim sohalarni qamrab oladi.
Deklaratsiyaga muvofiq, ikki davlat quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi:
— suv resurslarini boshqarish va muhofaza qilish, jumladan integratsiyalashgan suv resurslarini boshqarish;
— suv ta’minoti va chiqindi suvlarni tozalash bo‘yicha energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
— avtomatlashtirilgan ekologik monitoring tizimlari va mahalliy suv tozalash inshootlarini ishlab chiqish;
— suv xo‘jaligi infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash;
— suv tejovchi texnologiyalarni tatbiq etish, yer usti va yer osti suvlarini samarali boshqarish;
— suv resurslari va atmosfera havosining holatini uzluksiz monitoring qilish;
— qo‘shma ilmiy-tadqiqotlar, texnik hamkorlik hamda ilg‘or innovatsiyalar almashish.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!