Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan respublika bo‘ylab noyabr oyi “Brakonyerlikka qarshi kurashish” oyi deb e’lon qilindi.
Tashabbusning asosiy maqsadi — O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” hamda “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlari ijrosini ta’minlash, shuningdek brakonyerlikka qarshi qat’iy choralar ko‘rishdan iborat.
Reydlar va nazorat ishlari
Oy davomida respublika bo‘ylab barcha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda, jumladan cho‘l, tog‘li hududlar hamda tabiiy suv havzalarida noqonuniy ov va tabiiy resurslardan foydalanish holatlariga qarshi ekologik reydlar o‘tkazilmoqda.
Har bir hududda tezkor guruhlar shakllantirilib, hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ov qilish va baliq ovlash qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha targ‘ibot va profilaktika ishlari olib borilmoqda.
Qonunchilikda javobgarlik
Ekologiya vazirligi har qanday turdagi noqonuniy ov yoki tabiiy resurslardan foydalanish holatlari qonunchilikka ko‘ra qat’iy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatadi.
Agar siz brakonyerlik holatlariga guvoh bo‘lsangiz, bu haqda quyidagi aloqa vositalari orqali xabar berishingiz mumkin:
(71) 207-11-07, (71) 207-11-08
qisqa raqamlar: 1157, 1207
Telegram: @ecogovuz_bot
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!