Mamlakatda 14 999 ta kutubxona faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Foydalanuvchilar tarkibi
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kutubxonalarda 85 million nusxada kitob, jurnal va boshqa nashrlar mavjud.
Ulardan 12,8 million kishi muntazam foydalanuvchi sifatida qayd etilgan.
Foydalanuvchilar tarkibi quyidagicha taqsimlangan:
-
14 yoshgacha bo‘lgan bolalar — 31,6 %
-
15–24 yoshdagi o‘smirlar — 45,9 %
-
25 yosh va undan kattalar — 22,6 %
Bu raqamlar yoshlar orasida kitobxonlik faolligi yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.
Qaysi hududda kutubxona ko‘p?
Hududlar kesimida eng ko‘p kutubxonalar:
-
Farg‘ona viloyatida — 2 108 ta,
-
Samarqand viloyatida — 1 863 ta,
-
Qashqadaryo viloyatida — 1 476 ta,
-
Toshkent viloyatida — 1 467 ta.
Eng kam kutubxonalar esa Navoiy viloyatida (489 ta) va Sirdaryo viloyatida (526 ta) faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek:
-
Toshkent shahrida — 701 ta,
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 934 ta,
-
Buxoro viloyatida — 764 ta,
-
Xorazm viloyatida — 688 ta kutubxona mavjud.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!