O‘zbekiston

O‘zbekistonda ko‘zi ojizlar soni e’lon qilindi

O‘zbekistonda ko‘zi ojizlar soni e’lon qilindi

13-noyabr — Butunjahon ko‘zi ojizlar huquqlarini himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi. Mazkur sana doirasida agentlik ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni bayon etdi.

Tizimli ko‘mak va infratuzilma

Aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida:

  • 340 ta ijtimoiy va tijorat obyektlarida to‘siqsiz muhit yaratildi;
  • 18 ta gavjum chorraha va 753 ta svetofor ovozli signal qurilmalari bilan jihozlandi;
  • Respublika bo‘ylab 3 171 nafar o‘quvchi 17 ta maxsus maktabda tahsil olmoqda.

2025-yilning 10 oyi davomida 7 756 nafar ko‘z bo‘yicha muhtoj shaxslar quyidagi reabilitatsiya vositalari bilan imtiyozli ta’minlandi:

  • 115 ta ko‘z olmasi protezi
  • 4 835 ta ko‘zi ojizlar hassasi
  • 101 ta brayl alifbosi
  • 111 ta brayl yozuv moslamasi
  • 3 588 ta ovozli tonometr
  • 3 243 ta ovozli termometr
  • 162 ta ovozli glyukometr

Shuningdek, 13 472 nafar ko‘zi ojiz nogironligi bo‘lgan fuqaro shaxmat, shashka, golbol, 5×5 futbol kabi adaptiv sport turlari bilan shug‘ullanmoqda.

Sog‘lomlashtirish ko‘rsatkichlari ham oshgan

2025-yilning birinchi olti oyida 34,7 ming nafar fuqaro sog‘lomlashtirilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 125,7 foizga ko‘p.

Ulardan:

  • 27,7 ming nafari yo‘llanma asosida,
  • 7 ming nafari pulli asosda sanatoriy xizmatlaridan foydalangan.

Yo‘llanma asosida sog‘lomlashtirilganlar soni 2024-yilga nisbatan 138,3 foizga oshgan.

Sog‘lomlashtirilganlar tarkibi:

  • 17,3 ming nafari (62,6%) — I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar
  • 9,1 ming nafari (33,1%) — yoshga doir pensiya oluvchilar
  • 642 nafari (2,3%) — yolg‘iz keksa va parvarishga muhtoj shaxslar
  • 561 nafari (2%) — boshqa toifadagi fuqarolar