Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov uch davlatni birlashtiruvchi Qambarota GES-1 loyihasini qurish uchun investitsiyalarni jalb etish shartlarini tushuntirdi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, loyiha uchun 1,5 milliard dollar 50 yil muddatga, foizsiz jalb qilinadi. Shuningdek, 10 yil imtiyozli davr belgilangan. Qurilish 7–8 yil davom etadi, shundan so‘ng stansiya darhol ishga tushadi.
“Asr loyihasi”ning muammoli tarixi
Qambarota GES-1 loyihasi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va energiya ta’minotini mustahkamlash maqsadida rejalashtirilgan, ammo avval ham murakkab investitsiya va siyosiy muammolar tufayli sekinlashgan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!