Mashhur xonanda Jahongir Otajonov Qashqadaryolik xonanda X.H. tomonidan aldangan. Sud ishiga ko‘ra, firibgarlik 2017–2022 yillar davomida sodir etilgan va jami 195 ming dollar miqdoridagi moddiy zarar yetkazilgan.
Otajonov sudda aytishicha, ular ilgari O‘zbekiston davlat konservatoriyasida tanish bo‘lishgan. Xonanda X.H. Avtomobil, uy va to‘y gonorarlarini oldi-sotdi shartnomalarini buzish orqali o‘zlashtirgan.
Yakkasaroy tuman sudi X.H.ni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bo‘yicha aybli deb topdi va 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Shuningdek, jabrlanuvchi Otajonov foydasiga yetkazilgan moddiy zarar — 2 mlrd 337 mln so‘m undirilishi belgilandi. X.H. nomiga rasmiylashtirilgan mulklar sotuvga qo‘yilib, mablag‘ zarar qoplashga yo‘naltiriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!