O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi negizida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashkil etildi.
Mazkur Farmon ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida belgilangan vazifalarni tezkor hamda yangi yondashuv asosida sifatli tashkil etish, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi davlat boshqaruvi va nazorat tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!