Prezident qaror va farmoniga muvofiq, davlat boshqaruvida bir qator kadr o‘zgarishlari amalga oshirildi.
Farrux Jahongirovich Po‘latov Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori vazifasidan ozod etildi.
Shuningdek, Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi tashkil etildi. Yangi qo‘mitaga shu vaqtgacha Soliq qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat yuritgan Sherzod Davlatovich Qudbiyev rais etib tayinlandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!