Buxoro viloyati Romitan tumanida YPX inspektori tomonidan qonunbuzarlik alomatlari aks etgan holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlandi. Bu haqda viloyat YHXB ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 18-noyabr kuni ma’muriy amaliyot markazi inspektori, kichik serjant Sayfiyev xizmat avtomobili — Nexia-2da harakatlanayotib, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Equinox haydovchisidan yo‘l berishni so‘rab, avtomobil chiroqlarini bir necha bor yoqib-o‘chirgan.
Shuningdek, inspektor haydovchi oldiga borib, unga asossiz tarzda “avariya sodir etdingiz” deya ayb qo‘ygan va bodikamerasiz holda avtomobilni yo‘l chetiga olishni talab qilgan.
Ushbu holat yuzasidan kichik serjant Sayfiyevga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlangan. Tekshiruv yakunida voqeaga huquqiy baho berilishi aytildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!