Toshkent shahrida atmosfera havosining holati kunu-tun nazorat qilinmoqda. Poytaxtning barcha tumanlarida 24 soat davomida mobil ekologik laboratoriyalar yordamida havo ifloslanishi monitoringi amalga oshirilmoqda.
Ushbu maxsus laboratoriyalar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi “Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashgan analitik nazorat markazi” tomonidan tashkil etilgan. Hozirda laboratoriyalardan biri Yunusobod tumanidagi “Turkiston” metro bekati atrofidagi hududda havo sifatini kuzatmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Ekologiya qo‘mitasi tomonidan poytaxtdagi havo sifatini yaxshilash maqsadida tezkor shtab tuzilgan. Qo‘mita mutasaddilar bilan hamkorlikda ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Aniqlangan ifloslanish manbalari tegishli tashkilotlarga yuborilib, ularga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!