Siyosiy maydon navbatdagi dahanaki jangga guvoh bo‘ldi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Vashingtonga yuzlanib, Ramzan Qodirovni xuddi Venesuela yetakchisi Maduro kabi «qo‘lga olish» taklifi Checheniston rahbarining o‘ziga xos keskin va pichingga boy munosabatiga sabab bo‘ldi.Qodirov javobni uzoq kuttirmadi: u Zelenskiyni «erkak» bo’lishga chaqirdi.
«Zelya, hech bo‘lmasa urinib ko‘r…»
Qodirov o‘z postida Zelenskiyni ochiqchasiga kamsitish va nasihat qilish yo‘lidan bordi. Uning yozishicha, Zelenskiy «erkak» bo‘lish nimaligini unutib qo‘ygan.
«O‘z obro‘yingni saqla va bunchalik xor bo‘lma. Agar senda ozgina bo‘lsa ham erkaklik bo‘lganida, so‘zlaring qanchalik haqoratli va kulgili yangrayotganini tushungan bo‘larding,» — deya ta’kidladi u.
Shuningdek, Checheniston rahbari Ukraina Prezidenti uni qidiruvga berganini, unga nisbatan sanksiyalar joriy etilishi tashabbuskori bo‘lganini ta’kidlagan. Qodirov postida Zelenskiyni “erkak” bo‘lishga chaqirib, bu harakatlari juda sharmandali ekanini aytgan.
“Bu iblis nimalar qilmayapti deysiz: meni qidiruvga ham beryapti, sanksiyalar ham joriy qilyapti. Endi esa amerikaliklardan yordam so‘rab, go‘yo «qurol-yarog‘ bilan yordam bermadingiz, hech bo‘lmasa Ramzanni o‘g‘irlab bering» deyayotganga o‘xshaydi. Zelya, hech bo‘lmasa erkak bo‘lishga urinib ko‘r.
Bo‘lolmasang ham – urin. O‘z obro‘yingni saqla va bunchalik xor bo‘lma. Agar senda ozgina bo‘lsa ham erkaklik bo‘lganida, so‘zlaring va iltimoslaring qanchalik haqoratli yangrayotganini tushungan bo‘larding ”, degan Qodirov.
Shuningdek, Ramzan Qodirov Zelenskiyni kinoyali tarzda “muddati o‘tgan” deb atagan, shu bilan birga, Ukraina yetakchisi bilan tortishuv fonida dushmanlarini keskin ohangda ogohlantirgan.
«Senga eslatib qo‘yaman, Zelya: dushman respublikamizga kirishi mumkin, ammo chiqib ketishi imkonsiz. Yoki o‘zing tavakkal qilib ko‘rasanmi, muddati o‘tgan?», degan Putinning ishonchli odamlaridan biri Qodirov.
Xabar yakunida Qodirov an’anaviy keskin ohangda ogohlantirish berdi. U dushmanlar Checheniston hududiga kirishi mumkinligini, ammo u yerdan sog‘ chiqib ketish «imkonsiz» ekanini eslatib qo‘ydi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!