O‘zbekiston

Yanvar oxirida sovuq kunlar bo‘ladimi?

Yanvar oxirida sovuq kunlar bo‘ladimi?

Hafta boshida ob-havo issiq bo‘ladi, o‘rtalaridan esa qo‘shni Turkmaniston hududlaridan siklon kirib kelishi sabab, 15-16 yanvar kunlari Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyati hududlariga juda ko‘p yog‘ingarchilik tushishi oydinlashmoqda.

13-14 yanvar kunlari respublika hududlari Turkmanistondan kirib kelayotgan issiq havo oqimi ta’sirida bo‘ladi. Ushbu kunlarda janub viloyatlarida havo harorati +20 darajagacha isiydi! 16 yanvar kuni esa ko‘plab viloyatlarda ko‘p miqdorda yog‘ingarchilik (asosan yomg‘ir ko‘rinishida) yog‘ishi sabab, ayrim hududlarda hatto suv toshqin, suv bosish hodisalari kuzatilishi mumkin.

Yanvar oyining uchinchi o‘n kunligida, xususan 21 yanvar kuni respublikaning ko‘plab hududlarida havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda. 22 yanvar kuni kunduzgi muddatlarda ham harorat nol darajadan past bo‘lishi kutililmoqda. Aynan yanvarning uchinchi dekadasida sovuq havo oqimlari mintaqaga tashrif buyurishi, Qoraqalpog‘istonning shimoliy tumanlarida g‘ayritabiiy sovuqliklarni taqdim etishi mumkin.

Oyning eng sovuq kuni ehtimol 25-26 yanvar kunlariga to‘g‘ri keladi, ayni shu kunlarda poytaxtda tungi minimum harorat qiymatlari -10 darajadan past kuzatilishi taxmin qilinmoqda.