Yangiliklar

Bugun poytaxtda qor 12 soat yogʻishi kutilmoqda

Bugun poytaxtda qor 12 soat yogʻishi kutilmoqda
Foto: Toshkent shahar hokimligi

18-fevral kuni kuchli qor yogʻishi, u kamida 12 soat davom etishi kutilmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yogʻingarchilik hajmi ikki oylik meʼyordan oshadi. 

Poytaxt hokimligi shhu munosabat bilan Toshkent shahri aholisidan:

  • Zaruratsiz uydan chiqmaslikni, shaxsiy transport vositalaridan foydalanishni minimallashtirishga harakat qilishni va harakatlanish uchun jamoat transportidan foydalanishni;
  • Qor va muz massalari tushishi mumkin boʻlgan koʻp qavatli binolar yaqinida yurishdan saqlanishni;
  • Quloqchin taqqan holda tashqariga chiqmaslikni soʻraymiz — bu yaqinlashib kelayotgan mashina yoki qor tushishini eshitmay qolishingizga olib kelishi mumkin;
  • Avtomobillarni koʻp qavatli bino va inshootlar, shuningdek, daraxtlar tagida qoldirmaslikni;
  • lektr yoki gaz taʼminotida uzilishlar yuzaga kelgan taqdirda Markaziy dispetcherlik xizmatining 1055 raqamiga yoki Telegram orqali murojaat qilishni iltimos qilmoqda.

“Qor yogʻishi oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish uchun hokimlik xizmatlari, Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlar shay holatda ekanligini maʼlum qilamiz”, – deyiladi xabarda.