Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17-apreldagi qarori bilan, «2019–2028 yillarda Oʻzbekistonda qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasi» tasdiqlangan. Unga koʻra, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlashning samarali va zamonaviy tizimini yaratish koʻzda tutilgan.

Muborak tuman Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan tumandagi chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan sexda tushuntirish ishlar olib borilmoqda.

Saralangan chiqindi turi, xususan keng tarqalgan plastikni qayta ishlash muhim ahamiyatga ega. Plastikdan granula olinib, ikkilamchi xomashyoga aylanadi. Mazkur xomashyodan koʻplab mahsulotlarni ishlab chiqarish mumkin boʻladi.

Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, hududlarni sanitariya jihatidan tozalash ishlarining tasdiqlangan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish qoidalariga muvofiq ishlarni tashkil etilishi yuzasidan suhbat qurilib, tavsiyalar berildi.

«Vazirlar mahkamasining qarorlari ijrosi yuzasidan tuman hududida targʻibot ishlari olib borilmoqda» deydi, inspeksiya boshligʻi Dilshod Safarov

 100 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan