Qashqadaryoda nohaqlik sabab 465 million soʻm zarar koʻrgan tadbirkor haqida audiopost joylab, Oliy Majlis Senati va Bosh prokuraturaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga yoʻllagan edik.

P.S.: Shuni anglab yetdimki, bu masʼuliyatli yurishni na Senat va na boshqasi boʻyniga olishdan sekin panaga oʻtdi.

Istardikki, Senat raisi va Oliy Sud raisi ushbu postni tinglab, tadbirkorga imkon qadar koʻmaklashsalar. Yoki tadbirkorga koʻmaklashish faqat Prezident masʼuliyatimi?

Qachondir mamlakatdagi yirikroq OAVga chiqsa harakat qilishga majburlikdan urinmang. Xalq bor, Senat ham Sud ham bor! Ularning qonuniy huquqi yoʻlida davlatning har bir shaxsi mehnat qilishi lozim.

Balki yuqori qatlamda bu mayda miqdordagi zarardir, lekin bir inson uchun 465 million soʻm, yirik miqdordagi zarar.

Qashqadaryoda 465 million soʻm zarar koʻrgan tadbirkorni hali hamon hech kim tinglamagan, tinglash tugul, qiziqib ham koʻrilmagan! Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 8-aprel kuni «Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash borasidagi ustuvor vazifalar» yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida viloyat hokimi, prokuror va IIB boshligʻi «Hayfsan» olishdi, viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari, Markaziy bank boshqarmasi va DSB boshliqlari lavozimidan ozod etildi. Tanqidiy ruhda boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida tadbirkorlarga hamon toʻsqinliklar borligi taʼkidlangan. Davlat rahbariga maʼlumotlar yetib bordi va endi vaziyat jiddiylashdi! Xoʻsh? Qarshilik 465 million soʻmga zarar koʻrib, barcha rahbarlar eshigini yopgan tadbirkor….

Avvalgi audiopost

Yazdurdiyev

Xalq vakillari sanalmish deputat va senatorlardan ushbu masalani yuqori e’tiborga olib chiqishlarida yordam so‘raymiz.

 82 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan