Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Gʻuzor tuman boʻlimi tomonidan nafaqat voyaga yetmagan bolalarning aliment pullarini undirish, balki ularning ota-ona mehridan birdek bahramand boʻlib, kamolga yetishlari uchun saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Birgina misol, Gʻuzor tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor B.E.dan undiruvchi M.Q. foydasiga 1 nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.

Byuro xodimlari hamda mahalla faollari qarzdor va undiruvchi bilan suhbat oʻtkazilib, ularga oila muqaddasligi va farzand tarbiyasida ularning ishtiroki voyaga yetib kelayotgan farzand uchun qanchalik muhim ekanligi tushuntirilgandan soʻng, oila yarashishga qaror qilishdi.

Shuningdek, Byuro xodimlari aralashuvi bilan may oyida jami 8 ta oila yarashtirilgan. Natijada 18 nafar bolalar bugun baxtiyor.

 57 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan