Majburiy ijro byurosi Kitob tuman boʻlimi ish yurituvida fuqarolik ishlari boʻyicha Shahrisabz tumanlararo sudining 2017 yil 6 martdagi sud buyrugʻiga asosan qarzdor O.I.dan undiruvchi M.U. foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati mavjud.

Qarzdor tomonidan shu vaqtga qadar aliment pullari oʻz vaqtida toʻlab kelingan. Shuningdek, O.I. farzandlari voyaga yetguniga qadar boʻlgan aliment pullarini toʻlash istagini bildirib, undiruvchi bilan oʻzaro kelishgan holda jami 6.500 AQSH dollari miqdorida pullarni toʻlab berdi.

Ushbu pullar tilxat asosida bolalarning onasiga topshirildi.

 55 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan