«Respublikada birinchilardan boʻlib Qarshi tumani «Nasaf» hududi gʻallakorlari don topshirish shartnomaviy rejasini 140 foizga bajardi» deb, xabar berdi hokimlik Axborot xizmati

Shartnomaviy rejani hududdagi ilgʻor fermer xoʻjaliklaridan «Rajab momo» fermer xoʻjaligi 239 foiz, «Tursunov Norxudja Baxriyevich» fermer xoʻjaligi 191 foiz, «Rahmatov Ashur Rahmatovich» fermer xoʻjaligi 174 foiz, «Umurqul Umarovich» fermer xoʻjaligi 161 foiz, «Mustaqillik mevasi» fermer xoʻjaligi 150 foiz, «Abduvoitov Fozil» fermer xoʻjaligi 138 foizga bajarib, shartnomaviy rejadan tashqari topshirilgan donni mustaqilligimizning 30 yillik bayramiga tuhfa qildilar.

Hali hududning doni toʻliq yigʻishtirib olinmagan gʻallazorlarida oʻrim-yigʻim qizgʻin davom ettirilmoqda.

«Nasaf» hududi gʻallakorlari gʻayratingizga, shijoatingizga koʻz tegmasin!

 49 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan