Fuqarolik ishlari boʻyicha Shahrisabz tumanlararo sudining 2018 yildagi 21 iyuldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor B.Umarovdan undiruvchi I.Rahmatova foydasiga 2 nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.

Qarzdor bir muddat aliment pullarini toʻlagan boʻlsa-da, boʻlim davlat ijrochisining ogohlantirishiga qaramasdan 2019 yilning 1 oktyabridan buyon aliment pullarini toʻlamasdan kelgan.

Ijro ishiga boʻyicha toʻplangan hujjatlarga koʻra, qarzdorning alimentdan boʻlgan qarzdorligi 2021 yilning 1 iyul kuniga qadar jami 21 oy uchun 20 mln. 515 ming soʻmni tashkil etgan. B.Umarov aliment pullarini oʻz ixtiyori bilan toʻlamaganligi sababli toʻplangan hujjatlar Jinoyat ishlari boʻyicha Kitob tuman sudiga taqdim qilingan.

Sud jarayonida qarzdorga aliment toʻlamaslikning huquqiy oqibatlari tushuntirilgan soʻng, u sud zalining oʻzidayoq mavjud qarzdorlikni bartaraf etdi.

 134 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan