Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan JIB Chilonzor tuman sudining 29.03.2021 yildagi hukmi bilan sudlangan «Avto 60 oy» MCHJ mansabdor shaxslariga doir ijro ishi doirasida tergov organlari tomonidan xatlangan 28,6 mlrd. soʻm mablagʻlarni 15.761 nafar undiruvchilarning tegishli bank karta hisob raqamiga oʻtkazib berish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Shu sababli, «Avto 60 oy» MCHJdan jabr koʻrgan Qashqadaryo viloyatida istiqomat qilib kelayotgan 1.204 nafar fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida, undiruvchilardan, bank hisob raqami va rekvizitlari hamda pasport nusxasi bilan yashash joylardagi Byuroning tuman (shahar) boʻlimlariga murojaat qilishlari soʻraladi.

Murojaat uchun tel: (97) 677-01-04

 113 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan