1995 yil 30-yanvardagi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan (A-RES / 49/114-sonli qaror) ta’sis etilgan Cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurash kuni, har yili 17-iyun kuni nishonlanadi.

Bayram kuni 1994 yil 17-iyunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining cho’llanishga qarshi kurash konventsiyasining qabul qilinganligi munosabati bilan tanlandi.

Oʻzbekiston Osiyo mintaqasida birinchilardan boʻlib Konvensiyaga aʼzo boʻlgan davlatlardan hisoblanadi va ushbu Konvensiya 1995 yil 31-avgustda Parlament tomonidan ratifikatsiya qilindi. 1996 yildan kuchga kirdi. Bugungi kunda mazkur Konvensiyaga 195 ta davlat aʼzo.

Dunyo bo‘ylab, mazkur kun oldidan turli muhim tadbirlar o‘tkazib kelinadi. Qashqadaryo viloyat Muborak tumanida ham bugun, 16-iyun kuni tuman Atrof muhit va ekologiyani muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi va «Ekologik» partiyaning Muborak tuman Kengashi xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

«O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 fevraldagi «O’zbekistan Respublikasida cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish bo’yicha ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-4204-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bandlari ijrosi bo‘yicha tumanda ham bir qator ishlar amalga oshirilishi, bunda inspeksiya va boshqa mas’ul tashkilotlarning tutgan o‘rni hamda amaldagi natijalar tahlil qilindi» deydi, Atrof muhit va ekologiyani muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Dilshod Safarov.

Ushbu masalalar bo’yicha qilinadigan muhim vazifalar juda ko’p. Bugungi davra suhbatini o’tkazishdan maqsad cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish bo’yicha innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishga keng tadbiq etish, mahalliy aholini cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashishi bo’yicha habardorligini oshirish, yerlardan barqaror foydalanishni tashkil etishdir, deb qo‘shimcha qilindi.

 63 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan