Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi doirasida 18-30 yosh oraligʻidagi yoshlardan iborat 7779 ta jamoa ishtirok etgan musobaqada Qamashi tuman jamoasi faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Joriy yilning 12-15 iyun kunlari Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida DXX raisi kubogida tuman, shahar va viloyat bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan eng kuchli 14ta jamoalar qatnashdilar.

Eng kuchli 14 jamoa ichida bundan bir yarim yil avval Sherali Sanayev asos solgan Qamashi tuman yoshlari jamoasi ham toʻp surdi

DXX raisi kubogini aynan ular, Qamashi tuman «Samarqand» MFY jamoasi qoʻlga kiritdi.

Kubokni qoʻlga kiritgan jamoa aʼzolari taqdirlashdan soʻng Sherali Sanayev rahbarlik qilayotgan Mirishkor tumani sari yoʻl olishdi. Chempionlar ushbu gʻalabani Sherali Sanayev bilan boʻlishdilar.

Mirishkor tuman hokimi Sherali Sanayev oʻz fikrlarini boʻlishar ekan, quyidagilarni taʼkidlab oʻtdi:

«Jamoani bundan bir yarim yil avval tadbirkor Sirojiddin Haqnazarov bilan birgalikda tashkil etdik. Jamoada oddiy qishloq yigitlari toʻp surardi. Ularning koʻzida shijoat yonib turardi. DXX raisi kubogi tomon shiddatli toʻp surayotgan jamoa vakillari gʻalabasini barchamiz birdek sezdik, shunday boʻldi ham. Bu nafaqat mehnatlarimiz samarasi, balki, ularda yuksak iqtidor borligini anglatadi. Ularning bugungi tashrifidan ochigʻi kayfiyatim aʼlo darajaga yetdi.»

Mirishkorga gʻalaba harorati bilan tashrif buyurgan Qamashi yoshlari Sherali Sanayevga ularning shakllanishida tutgan oʻrni va mehnati uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Qamashi jamoasi murabbiylari, futbolchi va muxlislari Qamashining amaldagi hokimi Botir Togʻayev ham jamoaga shunday eʼtiborni davom ettirayotgani haqida bildirishdi.

 208 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan