Qashqadaryo viloyat Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish hududiy tuzulmasi, viloyat hokimligi, Qarshi shahar hokimligi, Davlat soliq boshqarmasi, «Tasviriy oyna» IU bilan hamkorlikda Qarshi shahri koʻchalaridagi savdo, umumiy ovqatlanish va tadbirkorlik subʼektlari tomonidan oʻrnatilgan tashqi reklama vositalarini «Reklama toʻgʻrisida»gi va «Davlat tili toʻgʻrisida»gi qonun talablariga mosligi yuzasidan monitoring oʻtkazildi.

Tashqi reklamadagi xatoliklarni bartaraf etish maqsadida ishchi guruh reklama tayyorlovchi tadbirkorlik subʼektlari bilan ham uchrashib qonunlarda belgilangan tartiblar tushuntirildi.

Monitoring jarayonidan aniqlangan qonun buzilish holatlari ishchi guruh tomonidan tadbirkorlik subʼektlariga qonun talablari va oqibatlari tushuntirish va ogohlantirishlar natijasida reklama obʼektlari olish yoki qonun talablariga moslashtirish yoʻli bilan bartaraf etildi.

 66 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan