Yillar davomida ham otasidan, ham onasidan ayrilgan N.R. ishlab oʻzini chalgʻitib yurardi. Kitob tumanidagi maktabgacha taʼlim muassasalarining birida tarbiyachi vazifasida, kuni boʻyi bolalar bilan boʻlib, ovunardi. Ammo u joriy yilning mart oyida 5 yildan buyon ishlab kelayotgan oʻz ishidan ham ayrildi.

N.R. bu holatni adolatsizlik deya, sudga murojaat qildi. Sud ishni koʻrib chiqib, maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining buyrugʻini gʻayriqonuniy deb topib, xodimni ishga tiklash boʻyicha ijro varaqa chiqardi.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Shahrisabz tumanlararo sudining 18.06.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan Kitob tumani Alakoʻylik qishlogʻida yashovchi 34 yoshli fuqaro N.R.ni Kitob tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotiga tarbiyachi lavozimiga ishga tiklash belgilangan. Ushbu ijro hujjatining ijrosi yuzasidan Majburiy ijro byurosi Kitob tuman boʻlimi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida fuqaro N.R. oʻz ishiga qayta tiklandi.

Mazkur ijro hujjati ijrosi taʼminlanganligi sababli ijro ishi yurituvi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlandi.

 25 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan