Siyosat

Yaponiya Rossiya sabab O‘zbekistonga qarshi sanksiya qo’llamoqchi

Yaponiya Rossiya sabab O‘zbekistonga qarshi sanksiya qo’llamoqchi

Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosimasa Xayashi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tgani uchun Xitoy, Hindiston, BAA va O‘zbekiston kompaniyalariga sanksiyalar joriy qilishini maʼlum qildi.

“Mamlakatimiz Rossiyaga qarshi sanksiyalardan qochish yoki chetlab o‘tishga urinishlarga qatʼiy munosabatda bo‘lishni muhim deb hisoblaydi. Biz BAA, O‘zbekiston, Qozog‘iston Xitoy va Hindiston kompaniyalariga qarshi sanksiyalarni o‘z ichiga olgan paketni ko‘rib chiqayotganimizni maʼlum qilamiz”, – dedi Xayashi.

Yosimasa Xayashi rejalashtirilayotgan sanksiyalar davlatlarga emas, sanksiyalarni chetlab o‘tgan kompaniyalarga qarshi qo‘llanilishiga ham aniqlik kiritib o‘tgan.