MIB Muborak tuman boʻlimi tomonidan aliment qarzdorliklarini oʻz vaqtida undirish, qarzdorlarning masʼuliyatini oshirish, shuningdek, farzandlarini moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlagan otalarga nisbatan qatʼiy taʼsir choralari koʻrib borilmoqda.

Joriy yilning 8-iyul kuni oʻz farzini, burchini unutgan yana bir otaga nisbatan sud hukmi oʻqildi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Koson tumanlararo sudining sud buyrugʻiga asosan qarzdor R.S. hisobidan undiruvchi Z.R. foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun oylik daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Qarzdor aliment pullarini kam miqdorda va kechiktirib toʻlab kelganligi oqibatida qarzdorlik 33 mln. 600 ming soʻmga yetgan.

Bo‘lim davlat ijrochilarining ogohlantirishiga qaramasdan qarzdorlikni bartaraf etmagan fuqaroning sud zalida boshi egildi.
Unga nisbatan JIB Muborak tuman sudi tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi berildi.

 17 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan