Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik, tayyorlaganlik, saqlaganlik, tashiganlik, jo‘natganlik va O‘zbekistondan olib chiqqanlik, shuningdek, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik yoki O‘zbekistonga olib kirganlik uchun mazkur huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasidan kelib chiqqan holda javobgarlik choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Jazo kuchaytirilmoqda

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra:

  • pirotexnika buyumlari ishlatganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan (1 million 7 million so‘m) yigirma besh baravarigacha (8 million 500 ming so‘m) miqdorda;
  • pirotexnika buyumlari savdosi bilan shug‘ullanganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan (5 million 100 ming so‘m) o‘ttiz baravarigacha (10 million 200 ming so‘m) miqdorida;
  • respublikaga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish — bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan (10 million 200 ming so‘m) ellik baravarigacha (17 million so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qo‘shimcha qilinishicha, shu vaqtga qadar pirotexnika buyumlari qonunga xilof ravishda foydalanilganlik holati bo‘yicha Milliy gvardiya xodimlari tomonidan chora ko‘rilgan bo‘lsa, endi pirotexnika muomalasi bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlash ichki ishlar organlariga ya’ni profilaktika inspektorlariga berilmoqda.