Dunyodagi birinchi 24 soatlik musiqa teleradiokompaniya — MTV 40 yillik faoliyatidan so‘ng bir nechta kanallarini yopishini ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, MTV Music, MTV 80s, MTV 90s, Club MTV va MTV Live kanallari 2025-yil 31-dekabrdan keyin efirga uzatishni to‘xtatadi.
Shu bilan birga, asosiy MTV HD kanali faoliyatini davom ettiradi va unda “Naked Dating UK”, “Geordie Shore” kabi mashhur realiti-seriallar efirda bo‘lib turadi.
BBC ma’lumotiga ko‘ra, bunga sabab — musiqiy videolarning endilikda YouTube va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘proq tomosha qilinayotgani bilan izohlanmoqda. Paramount kompaniyasi esa ushbu qaror yuzasidan izoh bermagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!