13-noyabr — Butunjahon ko‘zi ojizlar huquqlarini himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi. Mazkur sana doirasida agentlik ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni bayon etdi.
Tizimli ko‘mak va infratuzilma
Aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida:
- 340 ta ijtimoiy va tijorat obyektlarida to‘siqsiz muhit yaratildi;
- 18 ta gavjum chorraha va 753 ta svetofor ovozli signal qurilmalari bilan jihozlandi;
- Respublika bo‘ylab 3 171 nafar o‘quvchi 17 ta maxsus maktabda tahsil olmoqda.
2025-yilning 10 oyi davomida 7 756 nafar ko‘z bo‘yicha muhtoj shaxslar quyidagi reabilitatsiya vositalari bilan imtiyozli ta’minlandi:
- 115 ta ko‘z olmasi protezi
- 4 835 ta ko‘zi ojizlar hassasi
- 101 ta brayl alifbosi
- 111 ta brayl yozuv moslamasi
- 3 588 ta ovozli tonometr
- 3 243 ta ovozli termometr
- 162 ta ovozli glyukometr
Shuningdek, 13 472 nafar ko‘zi ojiz nogironligi bo‘lgan fuqaro shaxmat, shashka, golbol, 5×5 futbol kabi adaptiv sport turlari bilan shug‘ullanmoqda.
Sog‘lomlashtirish ko‘rsatkichlari ham oshgan
2025-yilning birinchi olti oyida 34,7 ming nafar fuqaro sog‘lomlashtirilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 125,7 foizga ko‘p.
Ulardan:
- 27,7 ming nafari yo‘llanma asosida,
- 7 ming nafari pulli asosda sanatoriy xizmatlaridan foydalangan.
Yo‘llanma asosida sog‘lomlashtirilganlar soni 2024-yilga nisbatan 138,3 foizga oshgan.
Sog‘lomlashtirilganlar tarkibi:
- 17,3 ming nafari (62,6%) — I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar
- 9,1 ming nafari (33,1%) — yoshga doir pensiya oluvchilar
- 642 nafari (2,3%) — yolg‘iz keksa va parvarishga muhtoj shaxslar
- 561 nafari (2%) — boshqa toifadagi fuqarolar
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!