Xususan, Birlashgan Qirollikning Madaniyat, media va sport vazirligi, Birmingem universiteti kolleji, Sayyohlik agentliklari uyushmasi, «Bloomberg Media» telekorporatsiyasi rahbarlari va yirik turoperatorlar bilan muzokaralar o’tkazildi.
Uchrashuvlar davomida xorijiy tomonga O’zbekistonning sayyohlik salohiyati, mahalliy va xorijiy sayyohlar va turkompaniyalar uchun yaratilgan sharoitlar, turizm infratuzilmasi va mamlakatimizda mazkur sohada olib borilayotgan jadal islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Birlashgan Qirollikning Madaniyat, media va sport vazirligida bo’lib o’tgan uchrashuvda tomonlar davlatlar o’rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish istiqbollari xususida fikr almashildilar. Shuningdek, kelgusida turizm sohasida o’zaro hamkorlikni rivojlantirish, ushbu yo’nalishdagi ikki tomonlama me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, o’zaro turistlar oqimini ko’paytirish masalalari ko’rib chiqildi.
Buyuk Britaniyadan O’zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish, respublikaning turizm infratuzilmasini takomillashtirish va rivojlantirish hamda ushbu yo’nalishda Britaniya sarmoyasini jalb etish, shuningdek, turizm xizmatlari sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Birmingem universiteti kolleji prorektori Devid Polson bilan kechgan muloqotda O’zbekistonning turizm sohasi vakillari uchun qo’shma seminarlar o’tkazish, professor-o’qituvchilar va talabalar uchun almashinuv dasturlarini tashkil etish hamda mutaxassislar va kadrlar tayyorlash sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar yuqoridagi yo’nalishlarda hamkorlikni kengaytirish bo’yicha mavjud salohiyatni ro’yobga chiqarish maqsadida o’zaro aloqalarni davom ettirish to’g’risida kelishib oldilar.
Turoperatorlar bilan o’tkazilgan muzokaralar natijasida, Buyuk Britaniyada O’zbekiston turizm salohiyatini keng targ’ib qilish, shuningdek, joriy yil davomida ushbu mamlakatdan respublikaga keladigan sayyohlar sonini keskin oshirish bo’yicha aniq kelishuvlarga erishildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!