Loyiha haqida

Sayt haqida:

Demokrat.uz internet nashri 2022-yilning 1-oktabridan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidan 041243 raqam bilan  OAV ro‘yxatga olingan

Bugun loyiha YouTube, Instagram, Telegram, Facebookda o’z rasmiy sahifalariga ega.

YouTube platformasida 400 mingdan ortiq  obunachilar, Instagramda 50 mingdan ortiq,  Telegramda qariyb 30 ming  kishidan iborat auditoriya veb-sayt materiallarini kuzatib bormoqda.

Demokrat.uz bugungacha AQSH, Koreya Respublikasi, Fransiya, Rossiyadagi hamkasblar, yurtdoshlar bilan videoaloqa orqali materiallar tayyorladi. Loyihaning asosiy maqsadi dunyoning eng kerakli davlatlarida o’z korpunktlariga ega bo’lish, auditoriyaga siyosiy tahlil, ijtimoiy materiallar, turizm yangiliklari, siyosatni noodatiy rakurslardan yetkazishdan iborat. Demokrat.uz propagandachilar ro’yxatida bo’lishni istamaydi. Demokrat.uz biror media kompaniyasini o’ziga raqobatchi sifatida ko’rmaydi, shu bilan birga hech kimga taqlid, havas ham qilmaydi.