Yig’ilishda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar, xususan, avval qabul qilingan qaror va hujjatlar ijrosi, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida sayyohlik oqimini ko‘paytirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha hukumatlararo harakatlar rejasi hamda ikki davlat o‘rtasida 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi muhokama qilindi.
Shuningdek, Rossiya shaharlaridan Toshkent orqali boshqa davlatlarga bog‘lovchi reyslarni tashkil etish va 2024-2025 yillarda Rossiyada «O‘zbekiston turizm yili»ni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
«O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 2024-yilning birinchi choragidagi sayyohlik oqimi ko‘rsatkichi 2023-yilga qaraganda 20 foizdan ko‘proqqa oshdi», – deb ta’kidladi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Vaxrukov.
Uchrashuv yakunida turizm sohasidagi hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya quyi qo‘mita yig‘ilishining bayonnomasi imzolandi.