Ilm-fan, Jahon, Madaniyat

Toshkentda xalqaro madaniy meros haftaligi boshlandi

Toshkentda xalqaro madaniy meros haftaligi boshlandi

Xattotlik festivali, Qur’on va sun’iy intellekt, ipak yo‘li haqida videoo‘yin: Toshkentda xalqaro madaniy meros haftaligi boshlandi.

Joriy yilning 18-26-oktyabr kunlari O‘zbekiston poytaxti yuzlab olimlarni birlashtirib, xalqaro madaniy muloqot markaziga aylanadi.

Haftalik doirasida 20 dan ortiq davlatdan tashrif buyurgan turli nufuzli tashkilotlarning 100dan ortiq olimlari ma’ruzalari tinglanadi.

Shu bilan birga mazkur xalqaro madaniy meros haftaligida O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy platformasining “Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari” ekspozitsiyasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan 100 dan ortiq loyihalarning taqdimotini o‘tkazish belgilangan.