Jahon

Braziliya elchisi Isroilga qaytmaydi

Braziliya elchisi Isroilga qaytmaydi

Isroildan chaqirib olingan Braziliya elchisi ortga qaytmasligi ma’lum bo’ldi

Davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlar sababli maslahatlashish uchun o’z yurtiga chaqirib olingan Braziliyaning Isrpildagi elchisi Tel-Avivga qaytmaydi. Bu haqida Braziliya prezidenti xalqaro ishlar bo’yicha maxsus vakili Selso Amorim ma’lum qildi.

Boshqa kimdir uning o’rniga boradimi-yo’qmi bilmayman, lekin u qaytib bormaydi. U shaxsan kamsitilgan va bu orqali Braziliyani ham kamsitishgan, – deya davlat rahbari yordamchisining so’zlarini keltiradi G1 portali.

Braziliya prezidenti Luis Inasiu da Silva 18-fevral kuni Isroilning G’azo sektorini bombalashi natijasida tinch aholining ommaviy o’ldirilganligi Adolf Gitlerning yahudiylarga qarshi jinoyatlarga qiyoslash mumkinligini aytib o’tgandi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o’sha kuni Braziliya prizendentining so’zlarini «jiddiy va uyatli» deb atadi va tashqi ishlar vaziri Israel Kats bilan birgalikda Braziliyaning Isroildagi elchisini “qat’iy suhbat” uchun darhol chaqirishga qaror qilganini aytdi.

Keyinchalik esa Braziliya Isroildagi elchisini maslahatlashuv uchun chaqirib oldi.