O‘zbekistonda fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi .
Ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlar Ekologiya vazirligining ruxsatnomalari asosida belgilangan tartibda yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan hayvonot bog‘larida va (yoki) pitomniklarda saqlanishi mumkin.
Qarorga ko’ra, 67 turdagi yovvoyi hayvonlar fuqarolar saqlashi taqiqlangan hayvonlar ro’yxatiga kiritilgan.
Shuningdek, davlat va ko‘chma sirklarda (shapito) yovvoyi hayvonlarni saqlash va ulardan sirk tomoshalari uchun foydalanish taqiqlandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!