Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.
Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 24,00 soʻmga koʻtarilib, 30-yanvardan boshlab 12 424,00 soʻmni tashkil etadi.
Shuningdek, yevro kursi 2,42 soʻmga koʻtarilib, ertadan 13 448,98 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 0,02 soʻmga koʻtarilib, 30-yanvarda rublning rasmiy kursi 138,71 soʻmni tashkil etadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!