Xitoy davlati an’anaviy ravishda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, xalq tabobati, tibbiyot hamda farmakologiya sohasidagi yutuqlari bilan dunyoda eng ilg‘or mamlakatlardan biri sanaladi. Su bilan birga, ko‘plab kasalliklarni davolashda samarali vosita bo‘lgan va qator dori vositalarining kimyoviy tarkibidagi tabiiy komponent hisoblangan za’faron Xitoy bozorlarida juda xoridorgir.
Uchrashuvda, asosan, “BMB Za’faron” brendi ostida yetishtirilayotgan za’faron va undan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Xitoyga eksport qilish, za’faron mahsulotidan Chin o‘lkasining bir qancha farmatsevtika va kosmetika kompaniyalari bilan hamkorlikda ushbu sohalarda foydalanishni yo‘lga qo‘yish, XXRda o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazmalarda za’faron mahsuloti bilan ishtirok etish kabi masalalarga qaratildi.
Kelgusida Chin yurtiga o‘zbek za’faronini eksport qilish, hamkorlikda mazkur mamlakat mintaqalarida uning distributsiyasini yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro savdo-ko‘rgazma yarmarkalarida za’faronli mahsulotlar burchagini tashkil etishga kelishib olindi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!