Hodisa, Jahon

Qozog’istonda qariya o’z uyini yoqib yubordi

Qozog’istonda qariya o’z uyini yoqib yubordi

Qozog’istonning Petropavlovsk shahrida 94 yoshli pensioner o’z uyini gaz ballonlari bilan portlatib yubordi. Bu haqda Orda.kz xabar berdi.

Aytilishicha, qariyaning o’zi olov orasida mo’jizaviy tarzda tirik qolgan. Qo’shnilarining so’zlariga ko’ra, bu qilmishiga u va rafiqasi o’rtasidagi janjal sabab bo’lgan.

80 yoshli Galina Kamenevaning aytishicha, portlashdan oldin 94 yoshli qo’shni ayol qonga belangan va tanasidagi turli xil ko’karishlar bilan uning oldiga sudralib kelgan va  o’t o’chiruvchilarni chaqirishini so’ragan. Keyinroq voqea joyiga politsiya, shifokorlar yetib kelgan.

«Uy tez yonib ketdi. Olov shu darajaga yetdiki, bir necha daqiqalar ichida uy yonib ketdi. Barcha qilingan ta’mirlar barbod bo’ldi. Yong’indan 15 daqiqa o’tgach, qo’shnim olovlar orasidan sog-omon chiqib keldi. Men uni allaqachon yonib ketgan, deb o’ylagandim. Bu shunchaki mo’jiza», deydi qo’shnisi Aleksandr Kuzmin.

Pensionerning qo’shnilarini aytishicha, nafaqaxo’r bundan oldin ham bir necha bor portlashlar sodir etgan va buning orqasidan ko’p marotaba shifoxonaga yotqizilgan.