Bugun, 15-yanvar kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktyor Ravshan Jo‘rayev olamdan o‘tdi. Bu haqda aktrisa va teleboshlovchi Mavluda Ahmedova Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
San’atkorning janozasi bugun, 15-yanvar kuni 17:00 da Toshkent shahridagi Sergeli dahasida bo‘lib o‘tadi.
Ravshan Jo‘rayev “Bobur”, “Chaqaloq”, “Qalb ko‘chalari”, “Shaytanat – jinlar saltanati”, “Buyuk sharaf”, “Kelin va kuyov” va boshqa filmlari bilan tanilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!