Davaktiv Toshkentdagi International mehmonxonasini xususiylashtirish boshlanganini e’lon qildi.
Prezident qaroriga ko‘ra, davlat ulushi xalqaro bozorda ommaviy savdoga chiqarilishi belgilangan. Internetional mehmonxona esa “ochiq muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish” usulida sotilishi ko‘zda tutilmoqda.
Savdo jarayoni 3 bosqichda amalga oshiriladi:
Sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish(Express of interest);
Majburiyatga ega bo‘lmagan taklif (NBO) ;
Majburiyatga ega bo‘lgan taklif (BO) bosqichlari.
Yakuniy bosqichda taklif etiladigan qat’iy narx taklifining kamida 1 foizini kafolatli to‘lov sifatida amalga oshirilishi belgilangan.
Arizalar 2024-yil 4-iyul soat 18:00 gacha ( Toshkent vaqti) bilan qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun, Mehmonxona 1997-yilda Toshkentning Yunusobod tumanida qurilgan bo‘lib, dastlab InterContinental kompaniyasi tomonidan boshqarilgan. U O‘zbekistondagi birinchi besh yulduzli mehmonxona bo‘lgandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!