Jahon, Jamiyat

Turkiyada qalbaki alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 6 kishiga yetdi

Turkiyada qalbaki alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 6 kishiga yetdi

Ular qalbaki spirtli ichimliklarni tayyorlash hamda tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan. So‘nggi sutka ichida Istanbul shahrida jami 38 kishi spirtli ichimlik iste’moli oqibatida zaharlangan.

Qalbaki spirtli ichimliklarni tayyorlash hamda tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan ikki nafar Turkmaniston fuqarosi Istanbul shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi xabar berdi.

Olingan ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi sutka ichida Istanbul shahrida jami 38 kishi soxta spirtli ichimlik iste’moli oqibatida zaharlangan. Kasalxonaga murojaat qilganlarning 11 nafari hayotdan ko‘z yumgan.

Politsiya voqea yuzasidan keng qamrovli tergov ishlarini boshlagan. Ma’lum bo‘lishicha, shifoxonaga murojaat qilganlarning 26 nafari xorijliklardir.

Mazkur holatga aloqadorlikda ayblanib, ikki nafar Turkmaniston fuqarosi qo‘lga olingan va ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Hozirga vaqtga qadar qalbaki spirtli ichimliklar oqibatida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari soni 6 nafarga yetgan. Ulardan 5 erkak va 1 nafar ayol kishini tashkil etmoqda.

Avvalroq Samarqand shahrining Kimyogarlar qo‘rg‘onida 17 kishi vafot etgani, ular qo‘lbola spirt iste’molidan zaharlangan bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.  Bosh prokuratura 13 yanvar kuni mazkur zaharlanish holati bo‘yicha rasmiy bayonot berib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 5 kishi vafot etgani haqida xabar bergan edi.