Jamiyat

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida “Qora-Suv” nazorat-o‘tkazish punkti qayta ochiladi

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida “Qora-Suv” nazorat-o‘tkazish punkti qayta ochiladi

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida 14 yil oldin yopilgan “Qora-Suv” nazorat-o‘tkazish punkti qayta ochiladi.

Qirg‘iziston prezidentining O’sh viloyatidagi maxsus vakili Elchibek Jantayev va hukumat rasmiylari chegara zonasida taʼmirlanayotgan binolar ko‘zdan kechirgan. Bu haqda mahalliy OAV lar xabar berdi.

Qirg‘iz hukumati rasmiylariga ko‘ra, “Qora-Suv”ning ochilishi, Andijon va O’sh viloyatlarini bog‘lovchi eng yirik “Do‘stlik” chegara o‘tkazish punktiga yuklamani kamaytiradi. Ta’kidlanishicha, mazkur nazorat-o’tkazish punkti 14 yil oldin yopilgan.