«Kriminologiya institutida bajarilgan ilmiy-tadqiqot loyihasi natijasida uy qamog‘i ehtiyot chorasi va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarni masofaviy nazorat qilishga mo‘ljallangan metodika, elektron braslet qurilmasi va dasturiy ta’minot ishlab chiqilib, intellektual mulk ob’yekti hujjatini olish, elektron brasletni ishlab chiqarish va tijoratlashtirish bo‘yicha kompleks choralar amalga oshirilmoqda», – deydi Berdialiyev.
U, shuningdek, institutning xalqaro hamkorlik aloqalari, jumladan, Turkiya, Germaniya, Koreya, Vengriya kabi davlatlardagi shunday tuzilmalar bilan hamkorlik o‘rnatilganini ta’kidladi.
Xususan, Turkiya tajribasi asosida «Manzil koloniyalarda erkin harakatlanadigan va atrofi ochiq joylarda foydali mehnatga jalb etilgan mahkumlarni masofaviy nazorat qilish tizimi» ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari ishlab chiqilgan. Ishchi guruhlar shakllantirilib, tadqiqot faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgustida «Probatsiya to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilingan va unda probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan elektron braslet qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!