Jahon

Panama kanali qurib bormoqda

Panama kanali qurib bormoqda

Kanaldagi suv sathi me’yordan 1,8 metr past. Yomg‘irli noyabr vaziyatni biroz yaxshiladi, ammo oldin suv yo‘lidan 38 ta kema o‘tsa, hozir faqat 24 tasi o‘tishi mumkin. Bu Kazinform agentligi ilcapital.ruga tayanib xabar beradi.

Qurg‘oqchilikdan oldin Panama kanali orqali jahon dengiz savdosining 3 foizi, shuningdek, Shimoliy-Sharqiy Osiyodan AQSHga konteyner tashishning 46 foizi o‘tardi.

Qurg‘oqchilik va global isish tufayli kanaldagi suv sayoz bo‘lib qolgan, uni suv bilan ta’minlaydigan Gatun ko‘li ham juda tez qurib bormoqda.

Panama kanalidagi suv sathining pastligi muammosini faqat Indio daryosida to‘g‘on qurish va Gatun ko‘lini suv bilan to‘ldirish uchun maxsus tunnel burg‘ulash orqali hal qilish mumkin. Bunga bir necha yil kerak bo‘ladi.

«Texnik qiyinchiliklardan tashqari, siyosiy va ijtimoiy muammolar ham bor: yerlari suv ostida qolgan minglab fermerlar va rancho egalari unga qarshi kurashish uchun birlashmoqda», – deb yozadi Bloomberg .