Makkada qiyin ahvolda qolgan fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi
2024 yil fevral oyidan buyon Caudiya Arabistonining Makka shahridagi shifoxonalardan birida davolanayotgan fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi.
Oʻzbekistonning Jidda shahridagi bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, u shu yilning yanvar oyida oila aʼzolari bilan ziyorat qilish uchun Saudiya Arabistoniga kelgan va keyinchalik insult tashxisi bilan Makka shahridagi Ibn Sino kasalxonasiga davolanish uchun yotqizilgan. Vatandoshning viza muddati tugashi va mamlakatdan chiqib ketishga taqiq qoʻyilgani tufayli Oʻzbekistonga qaytishga boʻlgan barcha urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Barcha masalalar hal etilgach, joriy yilning 22 avgust kuni bemorning uyiga parvozi uchun yoʻl hujjatlari rasmiylashtirilib, shifoxonadan Jidda xalqaro aeroportiga zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan yetkazilishi taʼminlandi.
Natijada, joriy yilning 23 avgust kuni fuqaro I.I. va uning oʻgʻli J.I. shifokor hamrohligida Toshkentga joʻnatildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!