Jamiyat, Yangiliklar

Oqqo‘rg‘on tumanida “Paxta-2024” yig‘im terimi

Oqqo‘rg‘on tumanida “Paxta-2024” yig‘im terimi

Bugun Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati tomonidan hududda paxta yig‘im-terimi mavsumi yuzasidan Oqqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlab ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun media-tur tashkil etildi. Paxta dalalarida terimchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Qayd etilishicha, Oqqo‘rg‘on tumanida joriy yilda qishloq xo‘jaligi, xususan, paxta va g‘alladan mo‘l hosil yetishtirildi. 11 ming 200 gektar maydonda g‘o‘za pavarishlangan bo‘lib, jami 43 ming tonna paxta xom ashyosini davlatga topshirish ko‘zda tutilgan. Oqqo‘rg‘onlik usta dehqonlar har bir gektar maydondan o‘rtacha hosildorlikni 38,4 sentnerdan kam bo‘lmasligi uchun harakat qilmoqda.

Dastlab jurnalistlar tumanda birinchilardan bo‘lib, «Bek” fermer xo‘jaligiga qarashli paxta dalalarida bo‘ldi. Mazkur xo‘jalikning jami yer maydoni 450 gektar bo‘lib, shundan 220 gektarida galla, 230 gektarida esa g‘o‘za parvarishlangan.

O‘z vaqtida qilingan samarali mehnat tufayli bugun femerning yuzi yorug‘ bo‘ldi. Mavsumdagi saʼy-harakati bilan bu yil paxtadan mo‘l hosil yetishtirildi. Hozirgi kunda hududda istiqomat qiluvchi aholi ishga yollangan. Ularga mehnat haqi kunbay to‘lab berilmoqda.

Mavsum masʼuliyatini barcha birdek his qiladi. Imkon qadar terimchilarga yaxshi sharoit yaratib paxtani nes- nobut qilmasdan yig‘ib olishga harakat qilamiz, deydi “Bek” fermer xo‘jaligi rahbari.

Shuningdek, OAV vakillari fermer xo‘jaligidagi ishchilarga yaratilayotgan sharoitlar bilan ham tanishdi. Fermer dalasida terimchilar uchun kunlik bepul issiq ovqat hamda madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etib kelinayapti. Kunlik paxta terim haqi o‘z vaqtida berilmoqda.

Media-tur davomida navbatdagi manzil “Yustex” MCHJ tikuvchilik korxonasi bo‘ldi. Bu yerda paxta tolasidan tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan zamonaviy korxona faoliyati xususida maʼlumot berildi. Korxonada 300 nafardan ortiq xotin-qiz ish faoliyati bilan shug‘ullanishmoqda.

Asosan bolalar va kattalar uchun kiyim-kechak ishlab chiqaradi. Qo‘l mehnati va mashina uyg‘unligida yaratilgan bu mahsulotlar xaridorgir hisoblanadi.