Kecha, 11-noyabr kuni Toshkent shahrida “King Long” avtobusi yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.
Ma’lum bo’lishicha, soat 06:00 larda “18-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi “King Long” rusumli 121-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi G‘.M boshqaruvidagi avtobus Uchtepa tumani THAY ko‘chasi Beltepa mavzesi bo‘ylab harakatlanib borayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi ko‘chatlar sotiladigan joyga kirib ketgan. Oqibatda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1 nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan va unga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Avtobus ham texnik shikastlangan.
Hozirda holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!