Jahon, Jamiyat

Qozogʻiston orqali harakatlanuvchi haydovchilar ogohlantirildi

Qozogʻiston orqali harakatlanuvchi haydovchilar ogohlantirildi

Transport vazirligi: Qozog‘iston hududi orqali tranzit harakatlanayotgan haydovchilar diqqatiga!

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Qozog‘iston hududiga Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston orqali kirishda taqiq borligi sababli muammolarga duch kelayotganligi holati kuzatilmoqda.

Aniqlanishicha haydovchilarning Qozog‘iston Respublikasida yo‘l harakati qoidalarini buzganliklari uchun ularga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilib, jarima belgilanganligi taqiq qo‘yilishiga sabab bo‘lgan.

Ushbu fuqarolar Qozog‘istonning “Kaspi bank” onlayn tizimidagi “davlat xizmatlari” jarimalar qismida tayinlangan jarimani to‘lagandan so‘ng mazkur davlat mutasaddi tashkilotlari tomonidan qo‘yilgan taqiqni olib tashlash bo‘yicha choralar ko‘riladi.

Hurmatli haydovchilar, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilib, ortiqcha ovoragarchiliklardan o‘zingizni xalos eting, deyiladi vazirlik xabarida